A1 Dialogues


1.1

A: Bayramingiz muborak bo’lsin!

B: Rahmat, birga bo’lsin.

1.2

A: Ko’ylagingiz yangimi? 

B: Ha, bayramga atab oldim.

A: Yahshi kunlarda kiying. Qanchaga oldingiz?

B: Aslida, qimmat turadi.  Lekin, man chegirmada oldim.

Iroda: Salom! Mening ismim Iroda. Sening isming nima?

Mark: Salom! Mening ismim Mark. Men Amerikadan keldim. Men o‘zbek bayramlari haqida maqola yozmoqchiman. Menga o‘zbek milliy bayramlari haqida aytib bera olasanmi?

Iroda: Albatta! Masalan, navro‘z bayrami.  Navro‘z bayrami 22 mart kuni nishonlanadi.

22 mart kuni kun bilan tun teng bo‘ladi. Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami!

Mark: Navro‘z kuni qanday nishonlanadi?

Iroda: Navro‘z kuni milliy taomlar tayyorlanadi. Turli konsert tadbirlar o‘tkaziladi. Insonlar qarindoshlarinikiga mehmonga borishadi.

Mark: Juda ham qiziq ekan.

Iroda: Amerikadachi qanday bayramlar bor.

Mark: Amerikada shukronalik kuni keng nishonlanadi. Shukronalik kunida butun oila a’zolari yig‘iladi.

Iroda: Tushunarli!

Mark: Menga yordam berganing uchun rahmat!

Iroda: Arzimaydi!

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book