Bu maktabda 165 nafar o‘quvchi Kembrij ta’lim dasturi asosida tabiiy va aniq fanlar, muhandislik, axborot texnologiyalarini o‘rganmoqda. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladi. Maktabga kirish uchun talabgorlar 4-sinfni bitirgan bo‘lishi va 2 bosqichli imtihondan o‘tishi lozim.

“Birinchi bosqich imtihoni matematika fanidan, ikkinchisi esa ingliz tili va mantiqiy fikrlashdan bo‘ladi. Undan muvaffaqiyatli o‘tganlar esa maktab o‘quvchisi sifatida qabul qilinadi. Ular davlat tomonidan 5 mahal bepul ovqatlanish, darsliklar va yotoqxona bilan ta’minlanadi. O‘quvchilarning kunlik tartibi ertalabki soat 8 yarimdagi darslar bilan boshlanib, darsdan keyingi turli to‘garak, tadbirlar bilan kechki 22gacha davom etadi. Yotoqxonalar 5 kunlik rejimda ishlagani uchun bu vaqt davomida o‘quvchilar tibbiy xizmatdan ham foydalanishi mumkin”, – deydi maktab direktori o‘rinbosari Ma’mura Tojiboyeva.

Link

 

definition

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book