Oʻzbekiston
Oʻzbekiston — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent shahri boʻlib, davlat tili oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Pul birligi — soʻm.
Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.
Oʻzbekiston aholisi 36 001 029 kishini tashkil qiladi (2022-yil 9-dekabr holatiga koʻra).
Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 % ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.
UZ: o’lka, el, yurt, davlat
AZ: ölkə
KZ: мемлекет, ел
TR: ülke
UZ: davlatning bosh shahri
AZ: paytaxt
KZ: acтана
TR: başkent
UZ: valyuta
AZ: Valyuta
KZ: Валюта
TR: Para birimi
UZ: bir davlatda yashaydigan odamlar s
AZ: əhali
KZ: халық
TR: nüfus