Matnlar (21-kun)

Chorsu bozori

#1

O‘zbekistonning eng yirik bozori paydo bo‘lishi taxminan X asrga to‘g‘ri keladi. U “Buyuk Ipak yo‘li” dagi muhim markaz bo‘lgan to‘rtta savdo ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan. Savdo butun yil davomida amalga oshirilgan va bu yerda turli madaniyatlar bir-biriga bog‘langan holda faoliyat olib borgan. Savdo yo‘llarida chet ellik savdogarlarni, karvonlarni, do‘kon egalari, hunarmandlar, boy dehqonlar va oddiy ishchilarni uchratish mumkin bo‘lgan. 1000 yillar davomida Chorsu bozori o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmagan.

 

#2 

Bozor ko‘k gumbazlar ostida bir nechta savdo bo‘limlardan iborat ular: oziq-ovqat bo‘limi, uy-ro‘zg‘or buyumlari bo‘limi, gilam bozori, yoping‘ich va to‘shak, zargarlik buyumlari va hunarmandchilikga doir mahsulotlar bo‘limlarida savdo olib borilgan.

 

#3 

Sirkni eslatuvchi katta ko‘k gumbaz ostida joylashgan oziq-ovqat pavilioni alohida qiziqish uyg‘otadi. Undagi mahsulotlar bir qancha turlarga bo‘linadi. Misol uchun, sut mahsulotlari alohida-alohida, ziravorlar va quritilgan mevalar alohida-alohida rastalarda sotiladi. Qizig‘i shundaki, sut mahsulotlarini tanlash, ular orasida qatiq, qurt, suzmani tatib ko‘rish imkoniyati mavjud.

 

#4 

Quritilgan mevalar va sharqona shirinliklar qatoriga borsangiz ko‘zlaringiz quvonadi. Quruq meva mahsulotlari rastasida turli xildagi mayiz, quritilgan o‘rik, yong‘oqlar, tuzlangan o‘rik danaklari, sedanali shirin yer yong‘oqlar shular jumlasidan. Sharq shirinliklaridan esa novvot, parvarda, pashmak, holva va boshqa qandolatchilik mahsulotlari savdoda xaridorlar uchun hamisha mavjud.

Link 

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book