A1 Dialogues
1.1
A: Sening oilangda necha kishi bor?
B: Mening oilamda besh kishi bor.
1.2
A: Sizning akangiz bormi?
B: Yo’q. Mening akam yo’q. Mening bitta singlim bor.
1.3
A: Sizning Toshkentda tanishlaringiz bormi?
B: Ha, mening qorindoshlarim Toshkentda yashaydi.
#1
Akbar: Ozodbek, sening oying necha yoshda?
Ozodbek: Mening oyim qirq ikki yoshda.
Akbar: U qaerda ishlaydi?
Ozodbek: Mening oyim shifokor. Poliklinikada ishlaydi.
Akbar: Mening singlim ham shifokor bo’lishni xohlaydi.
Ozodbek: Singlingni ismi nima?
Akbar: Singlimni ismi Gulnoza.
Ozodbek: Gulnoza necha yoshda?
Akbar: Gulnoza o’n ikki yoshda.
Ozodbek: Demak, u oltinchi sinfda o’qiydi. Chunki, mening ukam ham o’n ikki yoshda va u oltinchi sinfda o’qiydi.
Akbar: Ha, to’g’ri.
#2
Dilnoza: O‘tkir, sen yozgi ta’tilda nima qilding?
O‘tkir: Men yozgi ta’tilda qishloqda bo‘ldim.
Dilnoza: Qishloqdagi buvingni uyiga bordingmi?
O‘tkir: Ha, buvimni uyiga bordim. Mening xolalarim ham qishloqda yashaydi. Ularnikiga ham bordim.
Dilnoza: Sening bo‘lalaring bormi?
O‘tkir: Ha, mening oltida bo‘lam bor.
Dilnoza: Mening esa ikkita bo‘lam bor. Lekin, ular chet elda turadi.
O‘tkir: Ular bilan gaplashib turasanmi?
Dilnoza: Ha, Skype orqali gaplashib turaman.