Palov haqida afsona
#1
Dunyoda 100 dan ortiq palov tayyorlash retsepti mavjud bo‘lsada, O‘zbekistonda palov tayyorlash o‘zgachadir. O‘zbekistonning har bir mintaqasi o‘zining yagona palov tayyorlash retseptiga egadir. Ammo O‘zbekistonda palov taomining paydo bo‘lish tarixini ko‘pchilik bilmasa kerak.
#2
Palov, osh so‘zining kelib chiqishi haqida Ibn Sino nomi bilan bogliq qadimiy afsona mavjud. Aslida palov osh so‘zi ichiga solinadigan masalliqlarning bosh harflaridan tuzilgan qisqartmadir: P- Piyoz, A-ayoz-sabzi, L-laxm-go‘sht, O-olio-yog’, V-vet-tuz.
#3
Qadimgi sharq maqolida aytilishicha mazali palov kuchli olov, guruch va go‘shtli qozon hamda albatta mehrga muhtoj. Darhaqiqat, palov tayyorlashning ba’zi bir nozik tomonlari ham mavjuddir. Masalan: lahm go‘shtni faqatgina oqar suvda yuvish lozim, saralangan guruchni esa idishda kaftlar orasida sekinlik bilan siypalab yuvish kerak. Qozon yetarlicha qizigandan song yog‘ solinadi, shundan so‘ng olovni pastlatib lahm go‘sht , piyoz, to‘g‘ralgan sabzi va ziravorlar birin ketin qozonga joylanadi. Zirvak tayyor bo‘lgandan song, guruch solinadi. O‘choqda pishirilgan palov esa juda mazali bo‘ladi.