Qiymali turkcha pide

Turkiyaning qayiq shakliga ega an’anaviy pitsasi.  Asosi juda sersuv va xushbo’y, xamiri yumshoq va havodor. Nonushta yoki choy ichish uchun ishtaha ochadigan, ajoyib va mazali taom.

Qadam 1

Xamir tayyorlaymiz:

Iliq sutga tuz, shakar va xamirturush solib, aralashtiramiz. Eritilgan margarin solib, yana aralashtiramiz.

Qadam 2

Un solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni 1 soatga issiq joyga olib qo’yamiz.

Qadam 3

Asosini tayyorlaymiz:

Piyozni mayda to’rtburchak shaklida to’g’rab, o’simlik yog’ida shaffof tusga kirgunicha qovuramiz. Qiyma solib, o’rtacha olovda 4-5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4

To’rtburchak shaklida to’g’ralgan bulg’or qalampiri, pomidor pastasi va sarimsoq piyozni solib, aralashtiramiz va 2-3 daqiqa qovuramiz. Tuz va murch sepamiz. Oxirida maydalangan ko’katlarni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz.

Ozroq sovutamiz.

Qadam 5

Xamirni 2 ga bo’lib, har birini 3 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 6

Xamir yonlarini ichiga qaratib, ozroq o’rab, qayiqcha hosil qilamiz. Qayiqchani pergement qog’ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 7

Xamir ustiga qiymani solib, ustidan qirg’ichdan o’tkazilgan pishloqni sepamiz. Yonlariga ko’pirtirilgan tuxum surtamiz va 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Please, follow the link to find the full text.

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book