II.1
Turist: Kechirasiz, Registonga qanday borish mumkin?
Nozima: Registon bu yerga juda ham yaqin. Siz hozir tahminan besh yuz metr to‘g‘ri yurishingiz kerak. Keyin esa chapga qayilib, yana uch yuz metr yurasiz va siz manzilga yetasiz!
Turist: Yordamingiz uchun katta rahmat! Bu yerda qaerda tushlik qilish mumkin?
Nozima: Samarqandda juda ham ko‘p restoranlar bor. Men sizga Bibixanum Chayxanasini tavsiya qilaman. U yerning ovqatlari juda ham mazali va hamyonbop.
Turist : Rahmat. U yerga ham piyoda borsa bo‘ladimi?
Nozima: Yo‘q. U yer biroz uzoqda joylashgan. U yerga taksi yordamida bora olasiz.
Turist: Bugun mening O‘zbekistondagi birinchi kunim. Samarqanddan boshqa yana qanada tarixiy va chiroyli shaharlar bor.
Nozima: Buxoro, Xiva, Toshkent! Bu shaharlarning bari tarixga boy.
Turist: Rahmat! Bu shaharlarga ham albatta boraman! Xayr!
Nozima: Xayr, sizga oq yo‘l tilayman.
II.2
Anvar: Salom Akbar! Yashimisan? Yozgi ta’tilda nimalar qilding?
Akbar: Yaxshi rahmat. Yozgi ta’tilda oilam bilan Turkiyaning Antal’ya shahriga bordim.
Anvar: Juda ham zo‘r! U yerda nimalar qilding?
Akbar: U yerda dengiz bor. Har kuni dengizda cho‘mildim. Mazza qildim. Lekin havo juda ham issiq edi.
Anvar: Sizlar qaysi mehmonxonada turdingizlar?
Akbar: Biz Delphin Be Grand Resort degan mehmonxonada dam oldik. U juda ham katta va chiroyli. U yerda bir necha basseyn, plyaj va restoranlar bor.
Anvar: Sen turk tilini bilasanmi? U yerda qaysi tilda mulaqot qildingizlar?
Akbar: Yo‘q, men turk tilini bilmayman. U yerda ingliz tilida muloqat qildik. U yerning insonlari juda ham yordamsevar va mehmondo‘st ekan.
Anvar: Juda ham ajoyib!
Akbar: Anvar, men senga Antal’yadan sovg‘a olib keldim!
Anvar: Rahmat!
II.3
Iroda: Madina, bo‘l tezroq tayyorlan. O‘qishga kech qolayapmiz!
Madina: Xo‘p, hozir. Bugun o‘qishga nimada boramiz?
Iroda: Bilmasam. Balki avtobusda ketamiz?
Madina: Yo‘q, bu soatda avtobusda juda ham ko‘p odamlar bo‘ladi. Balki, piyoda boramiz? Havo ham juda ham zo‘r.
Iroda: Havo yaxshiku, lekin piyoda borsak, darsga kechikib qolamiz.
Madina: To‘g‘ri ayttasan. Yeng yaxshisi bugun taksida ketaylik.
Iroda: Juda ham yaxshi fikr. Taksi avtobusga qaraganda qimmatroq, lekin juda hqm tez va qulay.
Madina: Man unda Yandeks dasturi orqali taksini onlayn chaqiraman.
Iroda: Ha, xo‘p. Taksi nechi minuta kelarkan?
Madina: Tahminan 10 minutda keladi.
Iroda: Ha, bahosi qancha bo‘ldi?
Madina: 10 ming so‘m.
II.4
Nargiza: Salom Jasur, yaxshimisan?
Jasur: Yaxshi, rahmat? O‘zing qaleysan?
Nargiza: Men ham yaxshiman. Men oilam bilan kuzgi dam olishda Samarqandga bormoqchiman. Sen Samarqandda yashaysan, to‘g‘rimi?
Jasur: Ha, men Samarqanddanman.
Nargiza: Toshkentdan Samarqandga qanday borsa bo‘ladi?
Jasur: Toshkentdan Samarqandga tezyurar poezd, samalyot va avtobusta borsa bo‘ladi.
Men senga “Afrosiyob” tezyurar poyezdida borishni tavsiya qilaman.
Nargiza: Rahmat. Tezyurar poezd nechi soatda Toshkntdan Samarqandga boradi?
Jasur: Tezyurar poezd ikki soatda Toshkenttan Samarqanga yetib boradi.
Nargiza: Chiptalar qaerda sotiladi?
Jasur: Chiptalarni onlayn tarzda sotib olish ham mumkun.
Nargiza: Rahmat kattakon!
Jasur: Arzimaydi.