Cho`l timsolini saqlab qolaylik! 

Sayg`oq cho’l timsoli hisoblanadi. U O’zbekiston, Qozogiston, Turkmaniston, Mo’g`uliston, Rossiyaning ko’z ilgamas tekisliklarida yashaydi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, sayg`oqlar muzliklar davrida mamontlar va kilich tishli yo’lbarslar bilan bir davrda mavjud bo’lgan.

So’nggi 10 yillar ichida sayg`oqlar soni 90 foizga kamayib ketdi.  Ayni paytda sayg`oq tabiatni himoya qilish xalqaro uyushmasining Qizil kitobiga yo’qolib ketish xavfi bo’lgan tur sifatida kiritilgan. Xalqaro hamjamiyat sayg`oqlarning yo’q bo’lib ketish xavfini yaxshi anglab yetib, sayg`oqlarni saqlab qolish bo’yicha Memorandum qabul qildi va u ayni paytda amaliyotga kiritilgan.

Please, follow the link to find the full text.

O’qi va yoz: Pingvin qushmi yoki baliqmi? 

Pingvinlar – qushlarning bir turi bo’lib, suzuvchi, sho’ng’uvchi xususiyatga ega, lekin ucholmaydi. Buning sababi qanotining kichikligi, tanasining og’irligidir.

Pingvinlarning 16 turi, ularni birlashtiruvchi 6 ta urug’i mavjud.

Gavdasining uzunligi 30-120 sm, vazni 1-40 kilogrammni tashkil etadi. Qorni va ko’kragi oq, orqasi to’q ko’k yoki qora bo’ladi.

Pingvinlarning ko’krak muskullari yaxshi rivojlangan.

Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. Suzganda va sho’ng’iganda ulardan eshkak sifatida foydalanadi.

Muz va qor ustida sekin qadamlab yuradi.

Please, follow the link to find the full text

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book