A1 Dialogues
1.1
A: Sening eng sevimli hayvoning nima?
B: Menga hamma hayvonlar yoqadi.
A:Eng ko’p qaysi biri yoqadi.
B: Menga arslon yoqadi. Biroq, mushuklarni ham yahshi ko’raman.
1.2
A: Qarovul nima dedi?
B: Biletingizni ko’rsating dedi.
#1
Umida: Salom, Bekzod! Qaleysan?
Bekzod: Yaxshi, rahmat! O‘zingchi?
Umida: Men ham yaxshiman. Bu sening itingmi?
Bekzod: Ha, bu mening itim. Uning ismi Alopar.
Umida: Alopar nechi yoshda?
Bekzod: Olopar hali kichkintoy. U yetti oylik.
Umida: U insonlarni tishlab olmaydimi?
Bekzod: Yo‘q. U juda ham yuvosh va mehrivon.
Umida: Juda soz! Mening esa mushugim bor. Kecha u og‘rib qoldi. Keyin biz uni veterinarga olib bordik.
Bekzod: Yomon bo‘libdiku. Hozir ahvoli qanday?
Umida: Shifokor unga dori berdi. Hozir ahvoli yaxshi.
#2
Alisher: Ra’no, sening fikringcha hayvonlar nechi soat uxlaydi?
Ra’no: Mening mushugim bor. U kuniga tahminan o‘n ikki soat uxlaydi.
Alisher: Rostanmi? Juda ham ko‘p uxlar ekana. Men gazetada bu haqida o‘qigan edim. Masalan, fillar besh soat uxlar ekan. Maymunlar esa to‘qqiz soat uxlar ekan.
Ra’no: Juda qiziq! Dunyodagi eng aqilli hayvon nima bilasanmi?
Alisher: Tulkimi? Balki, sherdur?
Ra’no: Yo‘q! Bilmading! Dunyodagi eng aqilli hayvon del’fin bo‘lib hisoblanadi.
Alisher: Ajoyib!
Ra’no: Bilasanmi, tuyalar qirq kun suv ichmasdan yashay oladi?
Alisher: Ha, bu haqida eshitganman. Shuning uchun tuya transport vositasi sifatida qo‘llanilgan.
Ra’no: Ha, to‘g‘ri. Sening eng sevgan hayvoning nima?
Alisher: Menga arslon yoqadi. Sengachi?
Ra’no: Mening eng sevgan hayvonim esa ot.
#3
Munira: Salom, Nargiza! Yaxshimisan?
Nargiza: Yaxshi, rahmat. O‘zingchi? Dam olish kuni nima qilding?
Munira: Dam olish kuni men singlimni hayvonat bog‘iga olib bordim.
Nargiza: Yaxshi! Singlinga hayvonat bog‘i yoqdimi?
Munira: Ha, singlim turli hayvonlarni ko‘rib hursand bo‘ldi. Lekin, u yerdagi hayvonlarni ko‘rib mening yuragim og‘rib ketdi.
Nargiza: To‘g‘ri! U yerdagi hayvonlarning erkinligi yo‘q.
Munira: Masalan, u yerda sovuq iqlimlarda yashashga moslashgan oq ayiqlar bor. Ularga Toshkent kabi issiq shaharlarda yashash qiyin.
Nargiza: So‘zingda jon bor!
Munira: Mayli, men o‘qishga kech qolayapman. Keyin suhbatni davom etamiz.
Nargiza: Hayr, ko‘rishguncha!