A1 Dialogues
1.1
A: Issiq non egim kelayapti.
B: Novvoyhonadan olishing mumkin.
A: Eng yaqin novvayhona qaysi ko’chada?
B: Katta ko’chada bor.
1.2
A: Siz samsa pishirishni bilasizmi?
B: Yoq. Bilmayman. Biroq, palov damlay olaman.
Murod: Farhod kechki ovqatni tayyorladingmi?
Farhod: Yo‘q. Bugun darsdan kech chiqdim, ovqat tayyorlab ulgurmadim.
Murod: Xo‘sh, endi nima qilamiz.
Farhod: Balki, bugun restoranda ovqatlanamiz.
Murod: Ha, yaxshi fikr. Senga qanday taomlar yoqadi?
Farhod: Menga o‘zimizni milliy oshxona yoqadi. Sengachi?
Murod: Menga esa ko‘proq fastfud yoqadi. Pissa, burger deganidek.
Farhod: Ammo, ular juda ham ziyon. Kel, yaxshisi “Piyola” restoraniga boramiz. U yerning oshi juda ham mazali.
Murod: U restoranning ovqatlari juda ham qimmatmasmi?
Farhod: Biroz qimmatroq. Lekin talabalar uchun 30% chegirma bor.
Murod: Zo‘rku. Unda shu yerga boraylik.
Farhod: Xo‘p. Kettik.