A1 Dialogues
1.1
A: Bayramingiz muborak bo’lsin!
B: Rahmat, birga bo’lsin.
1.2
A: Ko’ylagingiz yangimi?
B: Ha, bayramga atab oldim.
A: Yahshi kunlarda kiying. Qanchaga oldingiz?
B: Aslida, qimmat turadi. Lekin, man chegirmada oldim.
Iroda: Salom! Mening ismim Iroda. Sening isming nima?
Mark: Salom! Mening ismim Mark. Men Amerikadan keldim. Men o‘zbek bayramlari haqida maqola yozmoqchiman. Menga o‘zbek milliy bayramlari haqida aytib bera olasanmi?
Iroda: Albatta! Masalan, navro‘z bayrami. Navro‘z bayrami 22 mart kuni nishonlanadi.
22 mart kuni kun bilan tun teng bo‘ladi. Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami!
Mark: Navro‘z kuni qanday nishonlanadi?
Iroda: Navro‘z kuni milliy taomlar tayyorlanadi. Turli konsert tadbirlar o‘tkaziladi. Insonlar qarindoshlarinikiga mehmonga borishadi.
Mark: Juda ham qiziq ekan.
Iroda: Amerikadachi qanday bayramlar bor.
Mark: Amerikada shukronalik kuni keng nishonlanadi. Shukronalik kunida butun oila a’zolari yig‘iladi.
Iroda: Tushunarli!
Mark: Menga yordam berganing uchun rahmat!
Iroda: Arzimaydi!