A1 Dialogues
1.1
A: Qaleysan?
B: Yahshi emas.
A: Nega? Nima bo’ldi?
B: Og’rib qoldim.
B: Tuzalib ket!
1.2
A: Mazang yo’qmi? Nima bo’ldi?
B: Boshim og’riyapti.
A: Shifokorga ko’rindingmi?
B: Ha, ko’rindim.
Anvar: Munisa, nega kecha darsga kelmading?
Munisa: Kecha tishim og‘rib, mazam bo‘lmadi. Dori ham foyda bermadi. Shuning uchun o‘qishga bora olmadim.
Anvar: Tish doktoriga ko‘rindingmi?
Munisa: Yo‘q, shifokorga bormadim. Uyda o‘zim davolashga harakat qildim.
Anvar: Bu juda ham noto‘g‘ri. Nega shifokorga bormading?
Munisa: Men tish shifokoriga borishga qo‘rqaman.
Anvar: Men bitta tish shifokorini taniyman. U juda ham tajribali. Unga borishingi tavsiya qilaman.
Munisa: Rahmat. Menga uning telefon raqamini bera olasanmi?
Anvar: Albatta. Menda uning vizitkasi ham bor. Bu yerda uning telefon raqami va manzili yozilgan.
Munisa: Rahmat.
Anvar: Bugundan qoldirmay, albatta shifokorga ko‘rin.
Munisa: Xo‘p.