A1 Dialogues


I.1

Alma: Konditsionerni qosha olasizmi?

Murat: Ha, juda issiq. Men ham terlab ketdim. qo’shib qo’ydim.

Alma: Bir necha kun issiq bo’lar ekan.

I.2

Alma: Ertaga ob-havo qanday bo’ladi?

Murat: Ertaga shamol va tuman boʻlishi kutilmoqda.

Alma: Sovuq bo’ladimi?

Murat: Hozir havo issiq. Kechqurun va  ertaga sovuq bo’ladi.

I.3

Alma: Havo issiq. Bir oy davomida yomg’ir yog’madi.

Murat: To‘g‘ri aytasiz, o‘tlar sarg‘ayadi.

Alma: Agar yomg’ir yog’sa, u ko’karadi.

#1

Sarvinoz: Dilnoza, senga shaharda yashash yoqadimi yoki qishloqdami?

Dilnoza: Menga shaharda yashash yoqadi. Chunki, shahar juda ham chiroyli va rivojlangan. Shaharda ish imkoniyatlari ko’proq. Sengachi?

Sarvinoz: Menga esa qishloqda yashash yoqadi. Qishloq havosi juda ham toza. Shaharda esa juda ko‘p mashina bo‘lganligi uchun havo ifloslangan.

Dilnoza: To‘g‘ri, gapingda jon bor. So‘ngi yillar mashina soni ko‘payib, havo juda ham ifloslanib ketti.

Sarvinoz: Lekin, havo ifloslanishini kamaytirish mumkin. Uning uchun jamoat transportidan foydalanish kerak.

Dilnoza: Shu bilan birga kunimizda biz plastikdan juda ham ko’p foydalanamiz. Buning ham tabiatga zarari katta.

Sarvinoz: To’g’ri. Shu sababli, plastikni kamroq ishlanish va uni qayta ishlatishni yo’lga qo’yish kerak.

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book