A1 Dialogues


1.1

Nigora: Siz qaerdan keldingiz?

Aziza: Men O’zbekistonda yashayman.

Nigora: O’zbekistonning qaeridan?

Aziza: Janubiy O’zbekistondan.

1.2

Murod: Qaysi shahardansiz?

Karima: Samarqanddan.

Murod: Samarqand chiroylimi?

Karima: Juda ham chiroyli.

 

#1

Defne: Kechirasiz, oshxona qaerda joylashgan?

Nigora: Oshxona universitetning birinchi  qavatida joylashgan.

Defne: Rahmat. Bugun universitetdagi birinchi kunim. Toshkentga  kelganimga   ikki kun bo‘ldi. Shuning uchun adashib qoldim.

Nigora: Siz qaerdan bo‘lasiz?

Defne: Men Turkiyadan keldim.  Izmir shahrida yashayman. Sizchi?

Nigora: Men O‘zbekistonlikman. Toshkentda turaman.

Defne: Tanishganimdan hursandman.

Nigora :Men ham tanishganimizdan hursandman. Men ham oshxonaga ketayotgan edim.  Xohlasangiz birga ovqalanaylik.

Defne: Yaxshi fikr!  Kettik!

#2

Sarvar: Murod, sen yotoqxonada yashaysanmi yoki kvartirada?

Murod: Men yotoqxonada yashayman.

Sarvar: Bitta xonada nechi kishi yashaysizlar?

Murod: To‘rtta kishi yashaymiz.

Sardor: Xonadoshlaring qaerlik?

Murod: Ikkita xonadoshim chet ellik. Ular Xitoydan kelgan. Bittasi esa Andijondan.

Sardor: Xitoylik xonadoshing bilan qaysi tilda gaplashasan?

Murod: U bilan ingliz tilida gaplashaman.

Sardor: Tushunarli. Men ham keyingi yili o‘qishga kiraman. Men ham yotoqxonada yashasam kerak.

Murod: To‘g‘ri! Yotoqxonada barcha sharoitlar bor va universitetga yaqin.

Sardor: Ma’lumotlar uchun rahmat!

Murod: Arzimaydi!

 

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book