A1 Dialogues


1.1

A: Sening oilangda necha kishi bor?

B: Mening oilamda besh kishi bor.

1.2

A: Sizning akangiz bormi?

B: Yo’q.  Mening akam yo’q. Mening bitta singlim bor.

 

1.3

A: Sizning Toshkentda tanishlaringiz bormi?

B: Ha, mening qorindoshlarim Toshkentda yashaydi.

 

 

#1

Akbar:  Ozodbek, sening oying necha yoshda?

Ozodbek: Mening oyim qirq ikki yoshda.

Akbar:  U qaerda ishlaydi?

Ozodbek: Mening oyim shifokor. Poliklinikada ishlaydi.

Akbar: Mening singlim ham shifokor bo’lishni xohlaydi.

Ozodbek: Singlingni ismi nima?

Akbar: Singlimni ismi Gulnoza.

Ozodbek: Gulnoza necha yoshda?

Akbar: Gulnoza o’n ikki yoshda.

Ozodbek: Demak, u oltinchi sinfda o’qiydi. Chunki,  mening  ukam ham o’n ikki yoshda va  u oltinchi sinfda o’qiydi.

Akbar: Ha, to’g’ri.

#2

Dilnoza: O‘tkir, sen yozgi ta’tilda nima qilding?

O‘tkir: Men yozgi ta’tilda qishloqda bo‘ldim.

Dilnoza: Qishloqdagi buvingni uyiga bordingmi?

O‘tkir: Ha, buvimni uyiga bordim. Mening xolalarim ham qishloqda yashaydi. Ularnikiga ham bordim.

Dilnoza: Sening bo‘lalaring bormi?

O‘tkir: Ha, mening oltida bo‘lam bor.

Dilnoza: Mening esa ikkita bo‘lam bor. Lekin, ular chet elda turadi.

O‘tkir: Ular bilan gaplashib turasanmi?

Dilnoza: Ha, Skype orqali gaplashib turaman.

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book