O‘zbek choy marosimining sirlari

#1

Har bir mamlakatning o‘ziga xos choy an’analari mavjud. O‘zbekistonda esa bu o‘ziga xos madaniyatdir. Har bir o‘zbekning kuni bir qultum xushbo‘y choy ichishdan ham boshlanadi, ham tugaydi. Ertalabki nonushtaga, to‘yimli tushliku, kechki ovqatdan keyin choy kunning ajralmas tarkibiy qismidir.

#2

Mehmonlarning Tashrifi

Choy ichish – o‘zbek mehmondo‘stligining asosidir. Har bir o‘zbek mehmonini yangi uzilgan non va bir piyola xushbo‘y issiq choy bilan kutib oladi. Ayrim hududlarda va poytaxtda maxsus choy marosimi ham mavjud. Mehmonga tortishdan oldin, issiq choy idishda 3 marta chayqatiladi va to‘rtinchi marta toza piyolada mehmonga uzatiladi. Bunga ajablanmaslik kerak. Birinchidan, buning natijasida choy yanada mazaliroq bo‘ladi. Mehmonga hurmat va munosabatlar pokligining belgisidir.

Link

 

The Rock Restaurant – Zanzibar

#3

Zanzibarning sharqiy qirg‘og‘idagi ushbu restoran, dengiz sohilidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda, suvning o‘rtasida joylashgan. Siz restoranga to‘lqin kuchli bo‘lgan paytda kanoeda, boshqa paytlarda esa piyoda ham borishingiz mumkin. Restoran loy, qum, tosh, somon, yog‘och kabi tabiiy materiallardan foydalangan holda mahalliy uslubda qurilgan va dengiz mahsulotlarini tanovul qilishga ixtisoslashgan.

Ithaa Undersea Restaurant – Maldiv orollari

#4

Ushbu maskan dunyodagi birinchi suv osti restorani hisoblanib, dengiz sathidan 5 metr pastda joylashgan. Agarda sizda jonli dengiz hayotini tomosha qilish istagi bo‘lsa, albatta, ushbu muassasada ovqatlanishingiz kerak. Restoran gumbazi ulkan shaffof kapsula shaklidagi akril shishadan yasalgan bo‘lib, zal qismi tabiiy akvarium bilan o‘ralgan. Bu yerda Yevropa oshxonasining eng sara toamlarini tanovul qilishingiz mumkin.

Singapore Fler (Sky Dining) – Singapur

#5

Agar siz hayotingizdagi eng romantik oqshomni o‘tkazishni istasangiz, Marina Bay sohilida joylashgan Singapore Fler maskanida ovqatlanishingiz kerak. Ushbu noodatiy restoran eng katta Ferris g‘ildiragi kapsulasida joylashgan bo‘lib, u sizga kechki ovqat paytida 165 metr balandlikka ko‘tarilish va butun Singapurni tepadan tomosha qilish imkoniyatini beradi. Bu yerda an’anaviy Yevropa yoki Xitoy oshxonasi taomlarini iste’mol qilishingiz mumkin.

Link

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book