#1

Xonadonni tozalash — katta shaharlar aholisi o’rtasida yetarlicha keng tarqalgan xizmat. Agar siz yaxshi maosh oladigan mutaxassis bo’lsangiz, dam olish kunlari hordiq chiqarish o’rniga tozalash bilan shug’ullanishni istamasligingiz aniq.

Toshkentda xonadon va boshqa binolarning tozalanishi tozalash kompaniyalari, xususiy shaxslar yoki uy xizmatchilari tomonidan bajariladi.

 

#2

Xonadonlarning tozalanishi:

  • umumiy;
  • ta’mirdan keyin;
  • maxsus (yong’indan so’ng va hokazo) bo’ladi.

Xonadonlarni tozalashning barchasiga qanday ishlar kiradi:

  • changni tozalash;
  • nam tozalash;
  • yuza va oynalarni yuvish;
  • axlatni to’plash va olib chiqish.

#3

Uy xizmatchisini doimiy yoki bir martalik asosda yollashdan oldin:

  1. Undan hujjatlarni so’rashingiz.
  2. Tozalash bo’yicha talablaringizni aytishingiz.
  3. Xonadonda hayvonlar bo’lganida, albatta bu haqida xabar berishingiz.
  4. Agar bolalaringiz bo’lsa, shuningdek bu haqida xabar berishingiz kerak.

Link

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book