Mehmon kutish odobi

#1

Mehmon kutish va kuzatish odati dunyodagi aksariyat millatlarga xos xususiyat. O‘zbek xalqi esa bu borada hamisha e’tirofga sazovor bo‘lib kelgan. Bu jo‘mard odat juda qadim zamonlardan boshlab ixtiyor etilgan. Xalqimiz qadim zamonlardanoq “Mehmon otangdek ulug‘” degan aqidaga amal qilgan holda mehmonni xushtavoze, ko‘ngli ochiqlik bilan kutib olgan.

 

#2

Qadimda har bir boy xonadonning tashqarisida mehmonxona joylashgan. Oddiy xonadonlar ham uyining bir xonasini mehmonlar uchun  alohida ajratib, shunga yarasha jihozlab qo‘yishgan. Bu xona imkon qadar qulayliklar bilan ta’minlangan. Alohida mehmonxona uchun xona ajratish imkoni bo‘lmagan xonadonlar chiroyli matolardan tikilgan 3-4 ko‘rpacha, 3-4 bolishni (yostiqni) xonalardan birining burchagiga taxlab, qo‘yishgan. Bu ko‘rpacha va yostiqlar mehmonlar kelgandagina ishlatilgan.

#3

Ota-bobolarimizning mehmon kutish odatlari kelayotgan kishining obro‘-e’tibori, jamiyatda tutgan mavqeiga yoki yaqinligiga qarab turlicha bo‘lgan. Kimgadir oddiy choy-non qo‘yilgan. Yuksak hurmatga munosib mehmonlar bo‘lsa, qo‘y so‘yilib, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlar chaqirilib, ziyofat berilgan. Katta amaldorlar orasida mehmondorchilik hatto to‘n berish darajasigacha ko‘tarilgani tarixdan ma’lum.

#4

“Uyga mehmon kelganda dasturxonga juft non qo‘yilgan. Nonni sotib olish (odat) bo‘lmagan. Oilada non tugagan bo‘lsa yoki shu kuni non pishirilmagan taqdirda, qo‘ni-qo‘shnidan bir-ikkita olib turganlar va u erta-indin qaytarib berilgan. Shuningdek,  udumga ko‘ra, kimda-kim non yopsa, albatta, qo‘shniga bitta non chiqargan. Non uzilayotgan vaqtda tandir yonidan  biror o‘tkinchi o‘tib qolsa, taomilga ko‘ra, issiq nondan bir ushatim unga uzatilib, mehmon qilingan.

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book