Toshkent teleminorasi – poytaxtning tashrif qog‘ozi

Toshkent teleminorasi – Markaziy Osiyodagi eng chiroyli va baland teleminoralardan biri.Teleminoraning balandligi – 375 metr, uning uzun nayzasimon uchini shaharning istalgan nuqtasidan ko‘rish mumkin. Inshootning umumiy og‘irligi 6 000 tonnadan oshadi.

Xohlagan kishi minoraning tomosha maydoniga ko‘tarilishi va qushlar parvoz qiladigan 110 metr balandlikdan shaharning hayratlanarli manzarasini tomosha qilishi mumkin. Shuningdek, bu yerda “Koinot” restorani faoliyat ko‘rsatadi, unda maxsus aylanuvchi platforma mavjud. Restoran ikkita zalga ega: milliy uslubdagi “Zangori” va Yevropa uslubidagi “Qizil”.

Tungi paytda minorada minglab chiroqlar porlaydi, bu go‘zallik va haybat kishini sehrlab qo‘yadi. Toshkent teleminorasi – texnologik taraqqiyot va inson mehnatining ramzidir.

Link

 

Zomin avtovokzali ishga tushdi

Jizzax viloyati Zomin tumani markazida yangi avtovokzal ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA. Avtoshohbekatda yo‘lovchilar va avtotransport haydovchilari uchun barcha qulaylik mavjud. Bosh binodagi kutish zali majmuasida birinchi tibbiy yordam, haydovchilar uchun dam olish, ona va bola xonalari, dispetcherlik xizmati, chiptaxona, kafe-bar faoliyat ko‘rsatmoqda. Majmua tarkibida avtobus, mikroavtobus va yo‘nalishsiz taksilar uchun alohida kutish maydonlari barpo etilgan.

 Link

 

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book