Yil fasllari va iqlim resurslari 

O‘zbekistonda yil fasllari shu geografik kenglikda joylashgan boshqa hududlardan farq qiladi.

Qish.

O‘zbekistonda qish shu kengliklarda joylashgan O‘rta dengiz atrofidagi hududlarga nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, havo ko‘pincha ochiq bo‘ladi va sovuq kunlar ba’zan iliq bulutli va yog‘inli kunlar bilan almashinib turadi. Qishda yillik yog‘inning 20-40 foizi tushadi. Qish dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. Qishda eng sovuq kunlar «qish chillasi» (25-dekabrdan 5-fevralgacha, 40 kun)da sodir bo‘ladi.

Kuz.

Sentabr oyi kuz fasli hisoblansa-da, ob-havo ochiq, issiq, nisbatan quruq bo‘ladi. Shu sababli iqlimshunos olimlar kuzni o‘rtacha sutkalik harorat +20°C dan pasayganda boshlanib, +5°C dan pasayganda tamom bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Binobarin, haqiqiy kuz O‘zbekiston sharoitida oktabr oyidan boshlanadi. Chunki oktabrdan boshlab harorat pasayib, ob-havo o‘zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tushadi, ba’zan tunda qirov tushib, yog‘ingarchilik boshlanadi.

Link

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book