Navoiylik 21 yoshli Sarvinoz Saydullayeva 8 tilda gaplasha oladi. U rus, ingliz, nemis, fransuz, koreys, ispan, turk tillarini o‘rgangan. Hozirda arab tilini o‘zlashtiryapti.

Sarvinoz Jahon tillari universitetining fransuz tili filologiyasi 4-bosqichida o‘qiydi.O‘qishdan tashqari, kuniga 6 mahalgacha kurs tashkil qilib, o‘quvchilariga an'anaviy va onlayn til o‘rgatadi.

Uning ona tili – o‘zbek tili; uyda oilasi bilan to‘liq o‘zbekcha muloqot qilishadi. Rus tilini bog‘chada, televizorda rus tilidagi ko‘rsatuvlar orqali o‘rgangan.

Sarvinoz 3-sinfdan boshlab turli cholg‘u asboblarini chalishni boshlagan. 6-sinfni tugatganidan keyingina ingliz tilini o‘rganishga kirishgan.

Poliglot qiz litseyda o‘qib yurganida nemis tili bilan birga, fransuz tilini ham o‘rganishni boshlagan. Hozirda fransuz va ingliz tilini C1, nemis tilini B2 darajada biladi.

Sarvinoz o‘qishga kirgandan so‘ng talabalar yotoqxonasiga joylashadi. Bu yerda xonadoshidan ispan tili bo‘yicha 1 hafta dars oladi. U ispan tilidan keyin turk tilini o‘rganadi. Hozir arab tilini o‘zlashtiryapti.

Link

 

definition

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book