“Erishmaguncha maqsadimdan qaytmayman”

Adiba Tojimirzayeva 2007 yilda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Adiba yaqinda Toshkent shahridagi prezident maktabining 8-sinfini tamomladi. U Harvardda o‘qishni, keyin O‘zbekiston tibbiyotiga robotlar va yuqori texnologiyalarni olib kirishni xohlaydi.

“Onam qobiliyatimni sinash uchun turli to‘garaklarga bergan”
— Onam bizni qaysi sohada qobiliyatimiz borligini sinash uchun ko‘p to‘garaklarga berib ko‘rgan. Masalan, men suzish, tennis, raqsga qatnaganman. Tennis bo‘yicha respublika turnirida ikkinchi, suzishda esa birinchi o‘rinni egallaganman. Qo‘l urgan yo‘nalishlarimda muvaffaqiyatga erishganman, lekin tibbiyot sohasiga boshqacha qiziqaman.

Xalqaro fan olimpiadalardagi ishtiroki
— Ilk marta matematikadan 5-sinfda o‘qiganimda xalqaro olimpiadaga qatnashganman va oltin medal olganman. Shundan keyin qiziqishim ortib, boshqa fanlardan ham fan olimpiadalarida ishtirok eta boshladim. Hozirgacha ingliz tili, matematika, kimyo, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha 25ta olimpiadaga qatnashganman va ularning hammasidan o‘rin oldim.

Maktabni bitirmasdanoq oliygohga topshirgani sababi
— Men 8-sinfdaligimda o‘zimning sohamga oid kimyo, matematika fanlarining 11-sinfgacha dasturini o‘qib tugatdim. Yana ularga 3 yil vaqt sarflashni xohlamadim. Shuning uchun meni qabul qiladigan oliygohlarni topib, ularga hujjat topshirib ko‘rdim. Ular orasidan Mary Baldwin’ni tanladim.

Link

 

Jahon yulduzlarining asl kasblari

Brayan Mey — astrofizik

image

Mashhur Queen guruhining gitarachisi astrofizika fanlari doktori darajasiga ega, deb kim o‘ylabdi. Brayan Mey London Imperial kollejida matematika va fizika bo‘yicha tahsil olgan. U rasadxonada ishlashga taklif qilindi, lekin musiqani o‘rganishni to‘xtatmaslik uchun buni rad etdi.

Emi Poler — jurnalist

image

Komik rollari bilan yodda qolgan aktrisa Boston kollejini media va kommunikatsiyalar bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Aynan o‘sha yerda u o‘zining komik iste’dodini kashf etdi.

Natali Portman — psixolog

image

Natali Portman o‘zining muvaffaqiyatli aktrisalik faoliyatini bolaligida boshlaganiga qaramay, Garvard universitetini psixologiya bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Shuningdek, ibroniy adabiyoti va nevrologiyani ham o‘rgangan.

Link

 

definition

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book