Adham Umrzoqov 

Adham Umrzoqov Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. Hozir 24 yoshda. Ingliz, ispan, rus va polyak tillarini biladi. Ayni paytda Varshava texnologiyalar universitetining 4-bosqich talabasi.

Ishga kirish uchun 80 yaqin rezyume yuborganman

Hozirda o‘qishdan tashqari Deloitte kompaniyasida amaliyotchi-dasturchi bo‘lib ishlayman. Maoshim 500-1000 dollar atrofida. Ish joyim haqida qisqacha aytib o‘tsam. Deloitte kompaniyasiga 1845-yili Buyuk Britaniyada asos solingan. Bu yerga ishga kirishdan oldin boshqa kompaniyalarga salkam 80 ga yaqin rezyume jo‘natganman. Nihoyat Deloitte xodimlari pochtamga amaliyotchi sifatida ishga qabul qilinganim xabar yuborgan. Juda xursand bo‘lganman. Ochig‘i, bu yerga oyliksiz ishga kirishga ham rozi edim. Sababi, kompaniya Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik to‘rtinchi xususiy kompaniya hisoblanib, ishga faqat tajribali dasturchilarni qabul qiladi. Bunday nufuzli joyga ishga kirganim o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirgan.

Link

 

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book