Men, Pazletdinov Firdavs Sayfitdinovich, 1980 yil 9 avgustda Toshkent shahrida, ziyoli oilada tavallud topdim. Avval oilada 4 kishi edik, otam, onam, men va singlim.

       Otam-Pazeltdinov Sayfiddin Paxriddinovich 1957 yil tavallud topganlar.Ma’lumotlari oliy.Toshkent Arxitektura va Qurilish institutini tamomlaganlar. Hozirda arxitektor.

             Onam – Pazletdinova Noila Ahmedovna 1958 yil tug’ilganlar. Ma’lumotlari oliy. Toshkent shahar P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejini bitirganlar.KeyinchalikToshkent Davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi bo’limini tamomlaganlar. 10 yil davomida 12-bolalar poliklinika bosh shifokor o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritganlar. Hozirda “FIRDAVS-N” sayyohlik firmasining direktori hisoblanadilar.

            Singlim – Pazletdinova Nodira 1984 yil tug’ilgan. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini bitirgan. Ma’lumoti oliy. Avval “Firdavs-N” guruhining hor jamoasida ham faoliyat olib borgan. Yaqinda qiz farzandlik bo’ldi va ismini Yasmina deb qo'yishdi. Hozirda uy bekasi.

        O’zimni oilamga keladigan bo’lsak, uylanganman. Bitta farzandim bor. Rafiqam Pazletdinova Shahlo Saidakbarovna Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr va magistraturasini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. Shu universitetda 3 yil davomida “Xalqaro munosabatlar” fani o’qituvchisi lavozimida ishlagan. Hozirda “Sport” teleradiokanalida maxarrirlik qilmoqda.

       Qizim – Pazletdinova Samira Firdavsovna. 2004 yil 19 noyabrda Toshkent shahrida tug’ilgan. Hozirgi kunda bog’chaga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Link

definition

License

LEARN TURKIC LANGUAGES Copyright © by Funda Güven; Zhazira Agabekova; Balaussa Amir; Yulduzkhan Turgunova; Dariga Kanatova; Adiya Ibrayeva; Maftuna Khalmatbayeva; Anargul Essenaliyeva; Dilyara Ergashvayeva; Nargiz Karamova; and Sanam Maratova. All Rights Reserved.

Share This Book